Baliqchi | |
|---|---|
| shahar | |
| 40°54′0″N 71°51′10″E / 40.90000°N 71.85278°E | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| viloyat | Andijon viloyati |
| tuman | Baliqchi tumani |
| Aholisi (1989) | 3 699 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| | |
Baliqchi — Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi shahar. Tuman markazi. Tumanning shimoli-gʻarbiy qismida. Qoradaryo sohilida joylashgan. Aholisi 20 mingdan ziyod. Shahar aholisi aholisi, asosan, sanoat, savdo, shuningdek, xizmat koʻrsatish, boshqaruv, fan va madaniyat sohalarida band va korxonalarda, kasb-hunar kollejlarida ishlashadi. Tumanning chekka joylarida paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Katta Fargʻona kanalidan suv ichadi. Umumiy taʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, tibbiyot punkti bor.
Baliqchida 8 ta kasb-hunar kolleji mavjud:
- Baliqchi industrial-pedagogika kasb-hunar kolleji. Manzili: Baliqchi shahar 11-uy
- Baliqchi iqtisodiyot kasb-hunar kolleji. Manzili: Baliqchi tumani, Chinobod q./
- Baliqchi tibbiyot kolleji. Manzili: Baliqchi tumani, Yettiqashqa q./
- Baliqchi agrosanoat kolleji. Manzili: Baliqchi tumani, Siza q./
- Baliqchi sanoat va transport kolleji. Manzili: Baliqchi tumani, Goʻravon q./
- Baliqchi pedagogika ijtimoiy iqtisodiyot kolleji. Manzili: Baliqchi tumani, Olimbek q./
- Baliqchi qishloq xoʻjaligi kolleji. Manzili: Baliqchi tumani, Oʻrmonbek q./
- Baliqchi qurilish kasb-hunar kolleji. Manzili: Baliqchi tumani, Chinobod qishlogʻi.
- Andijon viloyati
- Baliqchi tumani aholi punktlari
