Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Bahor (taxallusi; asl ismi Muhammad Taqi) (1884, Mashhad – 1951, Tehron) – eronlik shoir, jamoat arbobi. 1903 – yil „Malik ush-shuaro“ (Shoirlar sultoni) nomini

Bahor (shoir)

Bahor (taxallusi; asl ismi Muhammad Taqi) (1884, Mashhad – 1951, Tehron) – eronlik shoir, jamoat arbobi. 1903 – yil „Malik ush-shuaro“ (Shoirlar sultoni) nomini olgan. Tehron universiteti professor (1953). Eron milliy majlisiga bir necha bor vakil boʻlib saylangan. Boshlangʻich saboqni B. otasi Xuroson shoiri, malik ush-shuaro Muhammad Kozim Saburiydan olgan. B. „Eronga xudo yordir“, „Ser Eduard Grenga maktub“ (1909) asarlari bilan shuhrat qozonadi. U „Nai-bahor“ gazetasini nashr etadi (1905 – 11). Shoir adabiy jamiyat tuzib, „Donishkada“ („Ilmxona“) jurnalini ham chiqaradi (1918). B. sheʼrlari ichki va teskarichi guruhlarga, baʼzi mutaassiblarga qarshi qaratilgan. U monarxiyaga qarshi yozgan sheʼrlari uchun Isfahonga badargʻa qilinadi (1932). Xalqning demokratiya uchun kurashini quvvatlovchi „Jahannam“, „Zindon kundaliklari“, „Tong qushi“ kabi asarlari shu yerda yozilgan. B. 3 jildli „Stilistika“ (1958) ilmiy asarini yaratgan. B. qadimgi pahlaviy tilidan „Yodgore Zariron“ („Zarirlar yodgorligi“) dostonini fors tiliga tarjima qilgan. Uning fors sheʼriyatiga bagʻishlangan asarlari sharqshunoslik sohasida hanuz oʻz qimmatini saqpab qolgan.

Malikushshuaro Bahor
Tavalludi 10-dekabr 1886-yil
Vafoti 22-aprel 1951-yil(1951-04-22)
(64 yoshda)
Tehron
Kasbi shoir, yozuvchi, faylasuf
Ijod qilgan tillari Fors tili
Fuqaroligi Eron

Adabiyotlar

  • Shomuhamedov Sh., Bahor, T., 1965.
Yuqori