Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Azov – Rossiya Federatsiyasining Rostov viloyatidagi shahar. Don daryosi boʻyidagi port. Azov Qora dengiz sohilidagi qadimgi shahar – Tanais oʻrnida barpo qilin

Azov (shahar)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

AzovRossiya Federatsiyasining Rostov viloyatidagi shahar. Don daryosi boʻyidagi port. Azov Qora dengiz sohilidagi qadimgi shahar – Tanais oʻrnida barpo qilingan. Don daryosi Azov dengizining Taganrog qoʻltigʻiga quyiladigan joydan 7 km be-rida. Aholisi 80,9 ming kishi (1992). Temir yoʻl stansiyasi. Mashinasozlik, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Politexnika va industriya-pedagogika. texnikumlari, pedagogika. bilim yurti, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi bor. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda Azov oʻrnidagi Meotidada meotlar yashagan. Milodiy X–XI asrlarda Kiyev Rusining Tmutarakan knyazligi tarkibiga kirgan. taxminan 1067-yil qipchoqlar tomonidan egallangan va Azov oʻrnidagi qishloqqa Azuv (Azoq)xon nomini berganlar. XIII asrdan Oltin Oʻrdaga qarashli Azoq shahri boʻlgan, XIV asrda venesiyalik va genuyaliklarning koloniyasi (Tana) boʻlgan. 1395-yilda Amir Temur egallagan. 1471-yildan Turkiyaga qarashli qal’a. 1637–42 yillarda Azovni Don kazaklari egalladi. 1696-yilda Pyotr 1 qoʻshinlari bosib oldi. 1711-yilda Azov Turkiyaga qaytarib berildi. Biroq 1739-yildan yana Rossiya tarkibiga oʻtdi. 1775–1782 yillarda Azov gubernyasi markazi, 1810-yildan Yekaterinoslav gubernyasi posadi. 1920-yil 1-martdan shahar.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Yuqori