Azor orollari (portugalcha Ilhas dos Acores — Qarchigʻaylar oroli) — Atlantika okeanining shimoliy qismidagi arxipelag. Pireneya yarim oroldan gʻarbda. Portugaliya tarkibida. 9 ta yirik orol va kelib chiqishi vulkanik boʻlgan bir qancha riflardan iborat. Gʻarbdan sharqqa qariyb 600 km ga choʻzilgan. Maydoni 2,3 ming km². Relefi togʻli, balandligi 2351 m gacha (Piku o.dagi Piku togʻi). Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Issiq va qaynoq suvli hamda mineral buloq koʻp. Iqlimi subtropik, dengiz iqlimi; yanvarning oʻrtacha temperaturasi 14°, iyulning temperaturasi 22°; yillik oʻrtacha yogʻin 800 mm chamasida. Togʻ yon bagʻirlari oʻrmonlar bilan qoplangan, makvis chakalakzorlari bor. 1431–1453 yillarda Azor orollariga portugallar borib oʻrnashgan. Aholi sitrus oʻsimliklar oʻstirish, tokchilik, ananas, banan yetishtirish bilan shugʻullanadi. Azor orollari Trans-Atlantika havo va dengiz yoʻllari kesishgan joyda. Asosiy portlari: Pon-ta-Delgada, Orta.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Nuqsonli RERO identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- Arxipelaglar
- Portugaliya
- Geografiyaga oid chala maqolalar