Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Aziz Anvarovich Toshpoʻlatov (1978-yilda tugʻilgan) — Oʻzbekiston davlat arbobi. 2025-yil 3-martdan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri.

Aziz Toshpoʻlatov

Vikipediyada ismi Aziz va familiyasi Toshpoʻlatov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Aziz Anvarovich Toshpoʻlatov (1978-yilda tugʻilgan) — Oʻzbekiston davlat arbobi. 2025-yil 3-martdan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri.

Aziz Toshpoʻlatov
 6-Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri
Mansab davri
3-mart 2025-yil – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Poʻlat Bobojonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-fevral 1978-yil (1978-02-02) (48 yosh)
Qibray tumani, Toshkent viloyati
Taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi
Xizmat yillari 2000-yildan
Unvoni General-leytenant

Biografiyasi

Aziz Toshpoʻlatov 1978-yilda tugʻilgan.

1999-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tugatgan.

1999—2004-yillarda Toshkent viloyati Zangiota tumani ichki ishlar boʻlimi jinoyat qidiruv boʻlinmasi tezkor vakili, katta tezkor vakili.

2004—2010-yillarda Zangiota tumani ichki ishlar boʻlimi hamda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmatida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2010—2011-yillarda — Yangiyoʻl shahri ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.

2011—2013-yillarda — Yangiyoʻl tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.

2013-yyildan 2015-yilgacha Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshligʻi.

2015-yildan 2017-yilgacha Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2017-yildan 2019-yilgacha Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2019-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshligʻi.

2020-yil martida Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.

2025-yilning 3-mart kuni Ichki ishlar vaziri etib tayinlandi. 9-aprel kuni Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi. 7-oktyabr kuni Bahodir Qurbonov oʻrniga Oʻzbekiston aralash janglar assotsiatsiyasi raisi etib saylandi. Bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti hisoblanadi.

Unvon va mukofotlari

2021-yil yanvarida Oʻzbekiston prezidenti farmoniga koʻra general-mayor maxsus unvoni berilgan. Toshpoʻlatov Oʻzbekiston tarixida ushbu unvonni olgan ikkinchi eng yosh ichki ishlar organi xodimi hisoblanadi.

2025-yil avgustida general-leytenant maxsus unvoni berilgan.

Yuqori