Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Aydınoğulları bekligi (usmonli turkcha: آیدین اوغللری‎‎, turkcha: Aydınoğulları, Aydın) — 1308-yil Muharizalsîn Gazi Mehmed Bey tomonidan asos solingan va 1426-

Aydınoğulları bekligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aydınoğulları bekligi
usmonli turkcha: آیدین اوغللری‎‎

←
1308 — 1425


→
Bayroq

1308-yilda Kichik Osiyodagi bekliklar. * A Trapezund imperiyasi * B Vizantiya imperiyasi * D Kilikiya arman davlati * E Saljuqiylar imperiyasi * 1 Çobanoğulları bekligi * 2 Karamanoğulları bekligi * 3 İnancoğulları * 4 Sâhipataoğulları * 5 Pervâneoğulları * 6 Menteşeoğulları * 7 Eşrefoğulları * 8 Candaroğulları * 9 Karasioğulları * 10 Osmanoğulları * 11 Germiyanoğulları * 12 Hamidoğulları * 13 Saruhanoğulları * 14 Aydınoğulları
Poytaxti Izmir
Selçuk
Birgi
Til(lar)i Turk tili
Dini Islom
Boshqaruv shakli Mutlaq monarxiya
Sulola Aydınoğulları
Bek
 - 1308—1334(ilk) Muharizalsîn Gazi Mehmed Bey
 - 1405—1426 (soʻngi) İzmiroğlu Cüneyd Bey
Tarix
 - 1308 Muharizalsîn Gazi Mehmed Bey beklikka asos soldi.
 - 1390-1402 Usmonlilar imperiyasiga qaram davr
 - 1402 20-iyul Anqara jangidan soʻng yana beklik mustaqil davlatga aylandi
 - 1426 Beklik Usmonlilar imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi

Aydınoğulları bekligi (usmonli turkcha: آیدین اوغللری‎‎, turkcha: Aydınoğulları, Aydın) — 1308-yil Muharizalsîn Gazi Mehmed Bey tomonidan asos solingan va 1426-yilga qadar tarixda oʻz mavjudligini saqlab qolgan Onadoʻlidagi turk bekligi. Ushbu davlatda hukmronlik qilgan sulola Aydınoğulları, davlat esa Aydın deb ham atalgan. Ushbu sulola va davlat oʻz nomini davlatning asoschisi Muharizalsîn Gazi Mehmed Beyning otasi, Saljuqiylar imperiyasi sarkardasi Aydın bek ismidan olgan.

Beklikka asos solinishi va tugatilishi

Beklikka 1308-yilda Muharizalsîn Gazi Mehmed Bey asos solgan. Beklik Hızıroğlu İsa Bey hukronligidan soʻngra Usmonlilar imperiyasi tarkibiga qoʻshilgan. Anqara jangida Usmonlilar imperiyasining Amir Temurga yengilganidan soʻng, boshqa Onadoʻli bekliklari singari Aydınoğulları ham oʻz mustaqilliklarini qoʻlga kiritganlar. 1426-yil beklik butunlay Usmonlilar imperiyasi tarkibiga qoʻshib olingan.

Beklar

No Bey Hukmronlik yili Izohlar
1Muharizalsîn Gazi Mehmed Bey1308-1334Beklikning asoschisi.
2Umur Bey1334-1348
3Mehmedoğlu Hızır Bey1348-1360
4Hızıroğlu İsa Bey1360-1390Usmonlilar imperiyasiga qoʻshildi.
Usmonlilar imperiyasi1390-1402
5İsaoğlu Musa Bey1402-1403Anqara jangidan soʻng beklik mustaqil boʻldi.
6Musaoğlu II. Umur Bey1403-1405
7İzmiroğlu Cüneyd Bey1405-1426Usmonlilar imperiyasiga qoʻshildi va beklik butunlay tugatildi.
Yuqori