| Avaz Oʻtar | |
|---|---|
| Polvonniyoz oʻgli | |
| Tavalludi | 1884.25.8 Xiva, Gadikboʻyi |
| Vafoti | 1919 y Xiva |
| Fuqaroligi | Xiva xonligi |
| Kasbi | Shoir, sartarosh, tabib. |
Avaz Oʻtar (taxallasi; asli ismi: Avaz Polvonniyoz oʻgʻli; 1884-yil 25-avgust, Gadikboʻyi, Xiva – 1919-yil, Xiva) – oʻzbek maʼrifatparvar shoiri, sartarosh, tabib.
Hayoti
Avaz Oʻtar 1884-yilda Xivada sartaroshlar oilasida dunyoga kelgan. Xorazmda podshoning sochini oladigan sartaroshga „Oʻtar“ degan amal berilgan[manba kerak]. Uning otasining ismi Polvonniyoz boʻlib, u ana shunday sartarosh edi. Dastlab maktabda, soʻng Xivadagi Inoqiy madrasasida taʼlim oladi. Otasi Xorazm shoir va olimlari bilan doʻst boʻlgani va oʻzi ham oʻqimishli, ziyoli boʻlgani uchun Avaz Oʻtarning taʼlim-tarbiyasiga jiddiy eʼtibor bergan. U sartaroshlikni otasidan, tabiblik va folbinlikni Muhammad Yusuf Bayoniyning akasi Yaxshimurodbekdan oʻrgangan. 18 yoshlarida shoir sifatida xalq oʻrtasida tanildi.
Faoliyati
Muhammad Rahim Soniy (Feruz) Avaz Oʻtar isteʼdodiga katta eʼtibor bergan, uni saroyga taklif qilib Tabibiyni unga ustoz tayin etgan. Ammo, Avaz Oʻtar saroy hayoti bilan chiqisha olmasdi. Muhammad Rahimhonga mish-mishlar yetkazishadi va Avaz Oʻtarni 200 qamchin urishadi va u yerdan ketadi ota kasbi sartaroshlikka qaytadi. XX asr boshlarida koʻzga tashlanayotgan milliy uygʻonish, istiqlol gʻoyalari Avaz Oʻtar ijodiga kuchli taʼsir koʻrsatadi. Avaz Oʻtar ijodida erkparvarlik, ozodlik, maʼrifatparvarlik gʻoyalari, turmush illatlariga qarshi qaratilgan hajvlar paydo boʻla boshlaydi, bu davrda shoir yuksak insoniy fazilatlarni, chinakam insoniy muhabbatni tarannum etuvchi lirik sheʼrlar, qitʼalar, ruboiylar yozdi. Avaz Oʻtar ijodida alohida oʻrin tutgan hajviy sheʼrlar turkumi – „Faloniy“ ham shu davr mahsuli. Avaz Oʻtar „Millat“, „Hurriyat“; „Topar erkan, qachon“, „Xalq“, „Zamon“ va boshqa sheʼrlarida millat taqdiri va kelajagini yangicha talqin etadi. Ayrim sheʼrlari oʻsha davr vaqtli matbuoti („Oyina“, „Vaqt“, „Mulla Nasriddin“ va boshqalar)da bosilgan. 2 devoni („Saodat ul-iqbol“, „Devoni Avaz“) va qator bayozlarga kiritilgan gʻazallari yetib kelgan. Devonlarining qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. № 942, 7102, 3451) saqlanadi.
Vafoti
Muhammad Rahimxon II oʻlganidan soʻng uning oʻgli Isfandiyorxon oldirgan
Asarlari
- Tanlangan asarlar, T., 1956;
- Devon, T., 1976;
- Saylanma, T., 1984.
- Alifbo boʻyicha shoirlar
- Xivada tugʻilganlar
- Xorazm kishilari
- Oʻzbekistonlik shoirlar