Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Arshak (qadimgi yunoncha: Ἀρσάκης; forscha: اشک‎‎ Ašk)) (? — miloddan avvalgi 217) — Parfiyada hukmronlik qilgan sulola asoschisi. Kaspiy dengizining janubi-sha

Arshak I

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Arshak (qadimgi yunoncha: Ἀρσάκης; forscha: اشک Ašk)) (? — miloddan avvalgi 217) — Parfiyada hukmronlik qilgan sulola asoschisi. Kaspiy dengizining janubi-sharqida yashagan parn qabilasining boshlig‘i bo‘lgan. Arsaces aslida qabila boshlig‘iga berilgan unvondir. „Ar“ (er) so‘zi botir, mard, bahodir, pahlavon demakdir. Arsaces esa shaklarning botiri maʼnosini anglatadi. Baʼzi tarixchilar (V. G. Lukonin) Arsacesni qadimgi pahlaviycha Kavi Arshan — bahodir kamonchi nomi bilan bog‘laydilar.

Yuqori