Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Argun — Rossiya Federatsiyasi va Xitoydagi daryo. Amur daryosini hosil qiladigan oʻng irmogʻi. Uz. 1620 km. Havzasining maydoni 164 ming km². Oʻrtacha suv sarfi

Argun (daryo)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Argun
Tavsif
Uzunligi 1 620
Maydoni 164 000 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Argun (daryo)

Argun — Rossiya Federatsiyasi va Xitoydagi daryo. Amur daryosini hosil qiladigan oʻng irmogʻi. Uz. 1620 km. Havzasining maydoni 164 ming km². Oʻrtacha suv sarfi 340 m³/sek. Katta Xingan tizmasining gʻarbiy yon bagʻridan Xaylar nomi bilan boshlanadi. Togʻdan chiqqach, keng vodiydan oqadi. Irmoqlari: oʻngdan Genxe, Nyu-erxe, chapdan Urov, Uryumkan, Gazimur. Argun havzasida maydoni qariyb 51 km² boʻlgan 1,8 ming koʻl bor. Argunda 60 ga yaqin baliq turi mavjud.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Yuqori