| Nomi berilgan shaxs/joy | Arabon koʻchasi |
|---|---|
| Joylashuvi | Buxoro, Oʻzbekiston |
Arabon koʻchasi – Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Koʻcha nomi arablar bilan bogʻliq. Buxoroning eski koʻchalaridan biri. Avvalgi nomi Safidmuy yoki Safidmun boʻlib, Abdullo Safidmuy nomidan olingan. Koʻchada qorakoʻl savdosi bilan shugʻullanuvchi aholi istiqomat qilgan. Oʻrta asrlarda qurilgan masjid ham mavjud. Sallohxona darvozasiga yaqin joyda joylashgan.
Turkum::
- Buxoro koʻchalari