Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Arab bahori (arabcha: الثورات العربية‎‎, al-Thawrāt al-ʻArabiyyah) 2010-yil oxirida arab dunyosida boshlangan qator norozilik namoyishlariga berilgan nomdir. Ul

Arab bahori

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Arab bahori
Joy Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq
Sana 18-dekabr, 1945 1970-yil dekabrgacha
Maqsad Tuzum oʻzgarishi, inson huquqlari, demokratiya
Belgilari Namoyishlar, tartibsizliklar, fuqarolar itoatsizligi, oʻzini yoqish, ish tashlashlar
Oʻlim(lar) 500 dan ziyod
Jarohat(lar) 4,000 dan ziyod
Hibs(lar) 1,000 dan ziyod
  Hukumat toʻntarildi
  Fuqarolar urushi
  Hukumat baʼzi aʼzolari almashtirildi
  Davomiy tartibsizlik (Bahrayn)
  Yirik eʼtirozlar
  Kichik eʼtirozlar
  Arab dunyosidan tashqaridagi aloqador eʼtirozlar

Arab bahori (arabcha: الثورات العربية, al-Thawrāt al-ʻArabiyyah) 2010-yil oxirida arab dunyosida boshlangan qator norozilik namoyishlariga berilgan nomdir. Ular Tunis, Misr, Yaman, Jazoir, Iordaniya, Mavritaniya, Saudiya Arabistoni, Ummon, Sudan, Siriya, Liviya hamda Marokash kabi mamlakatlarni qamrab oldi. Eʼtirozlar inqilob deya baholanmoqda.

Eʼtirozlar 2010-yil 18-dekabrida Tunisda, Muhammad Buazizining politsiya poraxoʻrligi va qattiqqoʻlligiga achchiq qilib oʻzini yoqib yuborishidan boshlanib ketdi. Tunis toʻntarilishi muvaffaqiyati va mintaqadagi oʻxshash vaziyatlar tufayli, namoyishlar toʻlqini qoʻshni mamlakatlarga oʻtdi, jumladan eʼtirozlar Jazoir, Iordaniya, Misr va Yamanda davom etdi, nisbatan kichik miqyosda boshqa arab mamlakatlari ham voqealar silsilasiga tushdi. Koʻpgina vaziyatlarda eʼtirozli kunlar "jahl kunlari", deb ataldi.

Eʼtirozlar natijasida birinchi boʻlib oʻzgargan hukumat Tunisniki boʻldi: sobiq Prezident Zayn al-Abidin ibn Ali Saudiya Arabistoniga qochdi. Keyingi katta eʼtirozlar Misrda 2011-yil 25-yanvarida boshlandi. Toʻrt kunlik namoyishlardan soʻng Prezident Husni Muborak islohotlar oʻtkazishga vaʼda berdi, biroq lavozimidan kechish niyatini bildirmadi. Bundan keyin davom etgan namoyishlardan soʻng Muborak 30 yillik mansabini boshqa egallamasligini, sentabrda boʻlib oʻtadigan saylovlardan soʻng isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. Bu paytda Iordaniya qiroli Abdulla II bosh vazirni almashtirdi, Yaman Prezident Ali Abdulloh Solih esa keyingi saylovlarda nomzodini qoʻymaslikka vaʼda berdi.

Eʼtirozlar butun jahon eʼtiborini oʻziga qaratdi. Namoyishchilarni 2011-yilgi tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlash takliflari oʻrtaga tashlandi.

Bugungi natijalar

Qachon boshlandiMamlakatQachon tugadiEʼtiroz tur(lar)iNatijaOʻlim(lar)
18-dekabr, 2010TunisOʻzini yoqish
Namoyishlar
Hukumat toʻntarildi
Prezident va oilasi mamlakatdan ketdi (14-yanvar, 2011)
219
28-dekabr, 2010JazoirNamoyishlarPrezident favqulodda vaziyatni bekor qildi (3-fevral, 2011)5
13-yanvar, 2011Liviya16-yanvar, 2011Turar-joy muammosi va korrupsiyaga qarshi namoyishlarHukumat fuqarolarni turar-joy bilan taʼminlashga vaʼda berdi0
14-yanvar, 2011IordaniyaKichik eʼtirozlarVazirlar Mahkamasi shaxsiy tarkibi almashtirildi (1-fevral, 2011)0
17-yanvar, 2011Mavritaniya17-yanvar, 2011Oʻzini yoqish1
17-yanvar, 2011SudanKichik eʼtirozlar1
17-yanvar, 2011Ummon17-yanvar, 2011Kichik eʼtirozlar0
18-yanvar, 2011YamanHukumat aʼzolari Prezidentga qarshi
Katta namoyishlar
Prezident keyingi saylovlarda nomzodini qoʻymaslikka vaʼda berdi (2-fevral, 2011)0
21-yanvar, 2011Saudiya Arabistoni29-yanvar, 2011Oʻzini yoqish
Namoyishlar
4
25-yanvar, 2011MisrButun mamlakat miqyosidagi namoyishlarVazirlar Mahkamasi shaxsiy tarkibi almashtirildi (29-yanvar, 2011)
Prezident mansabdan ketdi
300 gacha
26-yanvar, 2011SuriyaOʻzini yoqish1
30-yanvar, 2011MarokashOʻzini yoqish0
1-fevral, 2011Jibuti1-fevral, 2011Kichik namoyishlar0
Jami oʻlimlar soni:607
Yuqori