| Muallif(lar) | Abdulla Qahhor |
|---|---|
| Til | oʻzbekcha |
| Janr(lar)i | hikoya |
| Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1936 |
| Sahifalar soni | 12 |
Anor – Oʻzbekiston xalq yozuvchi Abdulla Qahhor qalamiga mansub hikoya. 1936-yilda yozib tugatilgan va nashr etilgan.
Hikoyada jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik va qashshoqlikning inson hayotiga ta’siri yoritiladi. Asarda Turobjon ismli qahramon moddiy yetishmovchilik tufayli xotinining homiladorlik davrida boshqorong‘i paytda yegisi kelgan anorni topib bera olmaydi. Bu holat uning o‘zini ojiz his qilishiga hamda er-xotin o‘rtasida tushunmovchilik yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Natijada Turobjon g‘ururi tufayli og‘ir ahvolda qolib, hatto o‘g‘rilikka qo‘l urishga majbur bo‘ladi.
Turkumlar::
- Oʻzbek tilidagi kitoblar
- Abdulla Qahhor asarlari
- Hikoyalar