| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Andrey Vladimirovich Pyatnitskiy | ||
| Tavallud sanasi | 1967-yil 27-sentyabr | ||
| Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR | ||
| Boʻyi | 182 cm (5 ft 11 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Start (Toshkent) | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1983—1984 | Start (Toshkent) | 2 | (0) |
| 1985 | Paxtakor | 21 | (0) |
| 1986—1987 | CSKA Moskva | 32 | (5) |
| 1988—1991 | Paxtakor | 120 | (25) |
| 1992—1997 | Spartak (Moskva) | 100 | (17) |
| 1992—1997 | → Spartak-D (Moskva) | 26 | (5) |
| 1998 | Sokol (Saratov) | 2 | (1) |
| 2001 | Shatura | KFK | |
| 2002 | Sokol (Saratov) | KFK | |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1990 | Sovet Ittifoqi U21 | ||
| 1990 | Sovet Ittifoqi (Klub) | 1 | (0) |
| 1992 | MDH | 5 | (2) |
| 1992 | Oʻzbekiston | 2 | (0) |
| 1993—1995 | Rossiya | 10 | (2) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2002—2003 | Almaz (Moskva) murabbiy | ||
| 2003 | Gazovik | ||
| 2006 | Vityaz (Podolsk) | ||
| 2008—2012 | Cherenkov nomidagi akademiya bol. mr. | ||
| 2013—2014 | Spartak (Moskva) murabbiy | ||
| 2013—2014 | Spartak U21 (Moskva) | ||
| 2015—2016 | Rosich 1999 (Moskovskiy) | ||
| 2016—2018 | Rosich (Moskva) | ||
| 2019—2020 | Ximik-Arsenal ka. mr. | ||
| 2020 | Ximik-Arsenal v. b. | ||
| 2020 | Ximik-Arsenal | ||
| 2021 | Ximik-Arsenal ka. mr. | ||
| 2021 | Arsenal-2 ka. mr. | ||
| 2021—2022 | Arsenal-2 | ||
| 2024—2025 | Dinamo Samarqand U21 | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Andrey Vladimirovich Pyatnitskiy (1967-yil, 27-sentyabr, Toshkent) — oʻzbek va rus futbolchisi, yarim himoyachi va murabbiy. SSSR sport ustasi (1986-yil), SSSR xalqaro sport ustasi (1991-yil).
Tarjimai hol
Andrey faoliyatining ilk yillarida Toshkentda oʻynay boshlagan. Birinchi murabbiyi Komarnitskiy Vladimir Dementiyevich boʻlgan. Birinchi jamoasi Toshkentning „Start“ klubi. 1985-yilda futbolchi „Paxtakor“ga oʻtadi va birinchi ligada oʻynay boshlaydi. Keyingi yili u armiyaga chaqiriladi va SSKA (markaziy harbiy sport klubi)da „xizmat qiladi“. 1988-yilda jamoaning katta ligaga qaytishiga yordam berish istagida „Paxtakor“ga qaytadi. Bu ish 1990-yilda amalga oshadi.
1992-yilda Tarxanov futbolchini „Paxtakor“da oʻynashi borasida hech qanday istiqbol yoʻqligini aytib, „Spartak“ga oʻtishga koʻndiradi. „Spartak“ tarkibida u besh marta Rossiya chempioni boʻlgan. 1996-yilda jamoa sardori etib saylanadi.
90-yillarning oʻrtalarida toʻpigʻidan jarohat olib, uzoq vaqt davolandi va maydonga qaytgach, avvalgidek, maydonda toʻp sura olmaydi.
Faoliyati davomida SSSR/MDH, Oʻzbekiston va Rossiya terma jamoalarida oʻynagan.
1994-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik bilan shugʻullangan. 2008-yil noyabr oyidan 2012-yil dekabrigacha „Spartak“ sport maktabi murabbiyi (Moskva) lavozimida ishlagan. 2013-yil iyul oyidan 2014-yil aprel oyiga qadar „Spartak“ (Moskva) yoshlar jamoasi katta murabbiyi vazifasida ishlagan. 2014-yil 23-aprelda oilaviy sabablarga koʻra lavozimni tark etgan. 2015-yilning yanvar oyidan 1999-yilda yangi tashkil etilgan Moskvaning „Rosich“ jamoasiga murabbiy etib tayinlangan. Keyinchalik „Rosich“ klubining asosiy jamoasini boshqargan.
2019-yildan buyon „Ximik-Arsenal“ klubi bosh murabbiyi. 2020-yilda Sergey Podpali Tulaning „Arsenal“ klubiga tayinlangach, u bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi boʻldi.
Yutuqlar
Jamoa
- 1992, 1993, 1994, 1996, 1997-yillarda Rossiya chempioni;
- 1991—1992-yillarda SSSR kubogi gʻolibi;
- 1993—1994-yillarda Rossiya kubogi gʻolibi;
- 1990-yil Yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni (21 yoshgacha SSSR terma jamoasi tarkibida);
- 1993-yil Hamdoʻstlik kubogi gʻolibi (4 oʻyin, 3 gol);
Shaxsiy
- 1991-yil SSSRda mavsumning eng yaxshi 33 nafar futbolchisi roʻyxatida (1) - № 3;
- 1992, 1993, 1994-yillarda Rossiya chempionatining 33 nafar eng yaxshi futbolchisi roʻyxatida (3): № 1.
Oilasi
Turmush oʻrtogʻi Svetlana va Daria (1994-yil 9-iyulda tugʻilgan) ismli qizi bor.
- 27-sentyabrda tugʻilganlar
- 1967-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- SSSR sport ustasi
- SSSR erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Rossiyalik erkak futbolchilar
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Start Toshkent klubi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- PFK SSKA Moskva futbolchilari
- FC Spartak Moskva futbolchilari
- FC Sokol Saratov futbolchilari
- SSSR Oliy ligasi futbolchilari
- Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Rossiyalik futbol murabbiylari