Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Andijon uyezdi — Turkiston general-gubernatorligi, Fargʻona viloyatining maʼmuriy-hududiy birligi. Maʼmuriy markazi — Andijon shahri.

Andijon uezdi

Andijon uyezdi — Turkiston general-gubernatorligi, Fargʻona viloyatining maʼmuriy-hududiy birligi. Maʼmuriy markazi — Andijon shahri.

Geografiyasi

Uyezd Fargʻona viloyatining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan boʻlib, Semirechensk va Sirdaryo viloyatlari bilan chegaradosh boʻlgan. Maydoni 13 333,2 kv. verst. Yer yuzasi togʻli boʻlib, baland Fargʻona tizma tizmalaridan tashkil topgan. Sunʼiy sugʻorish sharoitidagi vodiylar dehqonchilik uchun qulay boʻlgan, togʻ tizmalarining yon bagʻirlarida keng yaylovlari boʻlgan.

Tarixi

uyezd 1876-yilda Qoʻqon xonligining Rossiya imperiyasiga qoʻshib olinib, Fargʻona viloyati tashkil etilgandan soʻng tashkil topgan. uyezdning ilk rahbari Smirnov boʻlgan (boshqa manbalarda Semyonov). Arxiv manbalarning birida Andijon uyezdi boshligʻi podpolkovnik Koshiyevskiy boʻlgani, 1866-yil 8-avgustdan praporshik lavozimida harbiy qismda xizmat qilgani, 1876-yil 6-martdan Andijon uyezd boshligʻining katta yordamchisi boʻlib xizmat qilgani, oʻzbek tilini yaxshi bilgani, mahalliy tilda erkin yozishni bilgani qayd etilgan. 1876-yildan 1917-yil oktyabr toʻntarishiga qadar butun Andijon uyezdi aholisi, hududi uyezd boshligʻi tomonidan cheklanmagan huquq vakolatlar orqali boshqarilgan. uyezd boshligʻi bevosita Fargʻona oblast harbiy gubernatoriga boʻysungan.

Maʼmuriy boʻlinishi

Uyezd yer oʻlchovchisi V.Kolodovkinning 1890-yili tuzgan („Karta Andijanskogo uyezda Ferganskoy oblasti“) xaritasida Andijon uyezdi tarkibiga 22 volost boʻlgan.

Volostlar
VolostlarAsl nomiHozirgi hududi
BaliqchiOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Andijon viloyati
NorinOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Namangan viloyati
XaqulobodOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Namangan viloyati
IzboskanOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Andijon viloyati
OltinkoʻlOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Andijon viloyati
XakanOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
YorboshiOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Magir
NovkentQirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
QoʻqonqishloqOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
BozorqoʻrgʻonQirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
OyimOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Andijon viloyati
QoʻrgʻontepaOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Andijon viloyati
QorasuvQirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston Oʻsh viloyati,

Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Andijon viloyati

KoʻgartQirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
JalaquduqOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Andijon viloyati
MaylisoyQirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
MosiQirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
Kenkolqoragir
Qorakoʻlsarisuy
JalolobodQirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
ChankentQirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston

Aholisi

1900-yilda uyezdda 351 187 kishi istiqomat qilgan. Aholisi sartlar, qipchoqlar, qirgʻizlar va oz sonli ruslardan iborat boʻlgan.

Yuqori