Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Amerika — ikki materik, yaʼni Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikadan iborat qitʼa; ular orasidagi chegara odatda Daren boʻyni, baʼzan esa Panama boʻyni orqali o

Amerika qitʼasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Amerika
Maydoni 42 549 000 km2
Aholisi 1,2 milliard
Aholi zichligi 22,67/km2
Etnoxoronim amerikalik
Davlatlar 35
Tillar ispancha, inglizcha, portugalcha, fransuzcha va boshqalar
Vaqt mintaqalari UTC−10:00 dan UTC gacha

Amerika — ikki materik, yaʼni Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikadan iborat qitʼa; ular orasidagi chegara odatda Daren boʻyni, baʼzan esa Panama boʻyni orqali oʻtkaziladi. Dunyodagi eng katta Grenlandiya oroli va yon-atrofidagi bir qancha boshqa orollar ham Amerika tarkibiga kiradi. Gʻarbiy yarim sharda, Atlantika va Tinch okeanlari orasida. Shimoliy Amerikada koʻpincha Markaziy Amerika va Vest-Indiya orollari alohida ajratiladi. Umumiy maydoni 42,5 million km2. Aholisi 1,2 milliard kishi (2021). Grenlandiya va Shimoliy Amerikaning shimoli-sharqiy sohili X—XI asrlarda normannlar tomonidan kashf etilgan deb hisoblanadi. Antil orollari, Janubiy Amerika sohilining shimoliy qismi hamda Shimoliy Amerikadagi Karib dengizi sohilining janubiy qismini 1492—1503-yillarda X. Kolumb kashf etgan. Amerika rasmiy kashf etilishidan 5 asr ilgari Beruniy Gʻarbiy yarim sharda ham quruqlik boʻlishi mumkin degan fikrni aytgan. Amerika italiyalik tadqiqotchi Amerigo Vespucci nomiga qoʻyilgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Yuqori