| ||
| tuman | ||
|---|---|---|
| Tarkibida | Qoʻstanay viloyati | |
| Maʼmuriy markazi | Oʻbagʻan | |
| Asos solingan sanasi | 1985-yil | |
| Akim | Ahmetov Batirbek Miqansaliqovich | |
| Aholi (2010) | 15,450 | |
| Zichligi | 2,8 kishi./km² | |
| Millatlar tarkibi | Ruslar - 36,23% Qozoqlar - 33,82% Ukrainlar - 16,03% Olmonlar - 6,31% Beloruslar - 2,04% Tatarlar - 1,24% | |
| Dinlar tarkibi | Xristianlar, Musulmonlar | |
| Maydoni | 5,4 ming km² | |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
| Telefon kodi | +7 71445 | |
| Avtomobil raqami kodi | P, 10 | |
| Rasmiy sayti | http://altynsarin.kz/ | |
| Xaritada | ||
![]() | ||
| 53°4′50″N 64°17′39″E / 53.08056°N 64.29417°E | ||
Altinsarin tumani — Qoʻstanay viloyatidagi tuman. Maydoni 5,4 ming km². Aholisi 15,141 kishi, oʻrtacha zichligi 1km²-ga 2,9 kishidan toʻgʻri keladi (2006-yil). Tumanning maʼmuriy markazi — Oʻbagʻan qishlogʻi. Tuman yeri tekisliklardan iborat, dengiz sathidan 150 — 200 m baland. orqali Qoʻstanoy — Koʻkshetov — Qorasuv avtomabil yoʻllari oʻtadi.
Iqlimi
Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yoz oyi esa iliq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 17 — 18 °C, ayrim vaqtlarda 40°C-dan past, iyul oyiniki 21 — 22 °C, ayrim vaqtlarda 37°C-gacha koʻtariladi. Tuamnda yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 250 — 300mm atrofida boʻladi.
Aholisi
Tuman aholisi 2010-yili 15 141 kishini tashkil qildi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):
- ruslar — 5 485 kishi (36,23 %)
- qozoqlar — 5 120 kishi (33,82 %)q
- ukrainlar — 2 427 kishi (16,03 %)
- olmonlar — 956 kishi (6,31 %)
- beloruslar — 309 kishi (2,04 %)
- tatarlar — 188 kishi (1,24 %)
- boshqalari — 656 kishi (4,33 %)
- Umumiy — 15 141 kishi (100,00 %)
Hududiy boʻlinishi
- Dimitrovskiy qishlogʻi
- Dokuchaevskiy qishlogʻi
- Lermontovskiy qishlogʻi
- Mayakovskiy qishlogʻi
- Novoalekseevskiy qishlogʻi
- Priozerniy qishlogʻi
- Silantevskiy qishlogʻi
- Bolshechurakovskiy qishlogʻi
- Sherbakov qishlogʻi
- Krasniy Kordon qishlogʻi
- Oʻbagan qishlogʻi
- Sverdlovka qishlogʻi
- Qozogʻiston tumanlari
