Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Altinsarin tumani  — Qoʻstanay viloyatidagi tuman. Maydoni 5,4 ming km². Aholisi 15,141 kishi, oʻrtacha zichligi 1km²-ga 2,9 kishidan toʻgʻri keladi (2006-yil).

Altinsarin (tuman)

Altinsarin tumani
qoz. Алтынсарин ауданы
Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Qoʻstanay viloyati
Maʼmuriy markazi Oʻbagʻan
Asos solingan sanasi 1985-yil
Akim Ahmetov Batirbek Miqansaliqovich
Aholi (2010) 15,450
Zichligi 2,8 kishi./km²
Millatlar tarkibi Ruslar - 36,23%
Qozoqlar - 33,82%
Ukrainlar - 16,03%
Olmonlar - 6,31%
Beloruslar - 2,04%
Tatarlar - 1,24%
Dinlar tarkibi Xristianlar, Musulmonlar
Maydoni 5,4 ming km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71445
Avtomobil raqami kodi P, 10
Rasmiy sayti http://altynsarin.kz/
Xaritada
Altinsarin tumani xaritada
53°4′50″N 64°17′39″E / 53.08056°N 64.29417°E / 53.08056; 64.29417

Altinsarin tumani  — Qoʻstanay viloyatidagi tuman. Maydoni 5,4 ming km². Aholisi 15,141 kishi, oʻrtacha zichligi 1km²-ga 2,9 kishidan toʻgʻri keladi (2006-yil). Tumanning maʼmuriy markazi — Oʻbagʻan qishlogʻi. Tuman yeri tekisliklardan iborat, dengiz sathidan 150 — 200 m baland. orqali Qoʻstanoy — Koʻkshetov — Qorasuv avtomabil yoʻllari oʻtadi.

Iqlimi

Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yoz oyi esa iliq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 17 — 18 °C, ayrim vaqtlarda 40°C-dan past, iyul oyiniki 21 — 22 °C, ayrim vaqtlarda 37°C-gacha koʻtariladi. Tuamnda yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 250 — 300mm atrofida boʻladi.

Aholisi

Tuman aholisi 2010-yili 15 141 kishini tashkil qildi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):

  • ruslar — 5 485 kishi (36,23 %)
  • qozoqlar — 5 120 kishi (33,82 %)q
  • ukrainlar — 2 427 kishi (16,03 %)
  • olmonlar — 956 kishi (6,31 %)
  • beloruslar — 309 kishi (2,04 %)
  • tatarlar — 188 kishi (1,24 %)
  • boshqalari — 656 kishi (4,33 %)
  • Umumiy — 15 141 kishi (100,00 %)

Hududiy boʻlinishi

  • Dimitrovskiy qishlogʻi
  • Dokuchaevskiy qishlogʻi
  • Lermontovskiy qishlogʻi
  • Mayakovskiy qishlogʻi
  • Novoalekseevskiy qishlogʻi
  • Priozerniy qishlogʻi
  • Silantevskiy qishlogʻi
  • Bolshechurakovskiy qishlogʻi
  • Sherbakov qishlogʻi
  • Krasniy Kordon qishlogʻi
  • Oʻbagan qishlogʻi
  • Sverdlovka qishlogʻi
Yuqori