Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Aleksandr Stepanovich Shmarikov (1961-yil 1-yanvar, Qozoq SSR, Djambul, SSSR) — sovet va qozoq futbolchisi.

Aleksandr Shmarikov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aleksandr Shmarikov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandr Stepanovich Shmarikov
Tavallud sanasi 15-oktyabr 1961-yil
Tavallud joyi Taraz, Qozogʻiston SSR, SSSR
Vafot sanasi 13-may 2024-yil(2024-05-13)
(62 yoshda)
Vafot joyi Qozogʻiston
Boʻyi 175 sm
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Ximik (Jambul)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1982—1984 Ximik (Jambul) 59 (5)
1985—1987 Melliorator (Chimkent) 81 (30)
1988—1989 Ximik (Jambul) 59 (16)
1990—1991 Avtomobilist 76 (26)
1992—1995 Taraz 122 (37)
1996 Skif Oradabasi 27 (9)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Aleksandr Stepanovich Shmarikov (1961-yil 1-yanvar, Qozoq SSR, Djambul, SSSR) — sovet va qozoq futbolchisi.

Biografiya

Qaratau futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. U Jambulning „Ximik“ va Chimkentning „Melliorator“ jamoalarida hujumchi sifatida oʻynagan. 1985—1987-yillarda Chimkentning „Meliorator“ klubida oʻynab, bir qancha muhim gollar muallifiga aylangan. 1988 yilda u oʻzining tugʻilgan klubiga qaytdi. 1990—1991-yilgi mavsumlarda Oʻzbekiston SSRning „Avtomobilist“ jamoasi tarkibida oʻtkazdi. 1996-yili „SKIF-Ordabasi“ klubida bir mavsum davomida toʻp surganidan soʻng faoliyatini yakunladi.

1993-yil „Taraz“ jamoasi safida Qozogʻiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari (28 gol) boʻldi. U faoliyati davomida 113 ta kiritgan goli bilan Qozogʻistonning eng yaxshi 100 ta (G100) toʻpurarlari klubiga kiritilgan.

Yutuqlar

  • Qozog‘iston kubogi finalchisi: 1992, 1993
  • Qozogʻiston chempionati ikkinchi oʻrin sohibi: 1995
Yuqori