Albaniyada Navroʻz — har yili 22-mart kuni Sulton Navroʻz nomi bilan nishonlanadi. Ushbu bayram 4-xalifa Ali ibn Abu Tolibning (milodiy 661-yilda vafot etgan) tavallud topgan kuni va bir vaqtning oʻzida bahor kelishi munosabati bilan nishonlanadi. 1996-yilda esa rasman davlat bayrami sifatida eʼlon qilingan. Navroʻz bayrami mamlakatdagi bektoshiylar (shia diniga mansubligi sababli) orasida juda mashhur, ammo sunniylik, katoliklik va pravoslavlik tarafdorlari ham Albaniyaning ekumenik ruhini hurmat qilish maqsadida Navroʻz bayramida ishtirok etadilar, ular orasida esa sunniylar jamoasi boshqa guruhlarga qaraganda koʻproq ushbu bayram tarafdori boʻlib koʻrinadi. „Albaniyadagi Imomlar Ligasi“ Navroʻz bayramining nishonlanishiga qarshi boʻlib, ular bu bayramni butparastlikdan kelib chiqqan deb hisoblashadi. Musulmonchilik bayramlari sifatida esa faqatgina Roʻza hayiti va Qurbon hayitlarini nishonlash kerak deb biladilar.
Xalqaro taʼsiri
Taniqli bektoshiy arboblari aqida, millat va taraqqiyparvarlik oʻrtasida aloqa oʻrnatish maqsadida Navroʻz va Ashuro bayramlarini ommaviy ravishda nishonlagan. Baʼzi omillar, masalan, Eronning Albaniyadagi elchixonasi va baʼzi alaviya tarmoqlari ushbu ommaviy tashabbus va marosimlarni tez-tez qoʻllab-quvvatlagan. Eron hukumati Bektoshi muxtoriyatiga taʼsir oʻtkazmasdan Bolqon yarim orolida oʻz taʼsirini kengaytirish maqsadida madaniy va siyosiy yordam bergan.
Adabiyotlar
- Yarshater, Ehsan, ed (1982–2021). "BEKTĀŠĪYA". Encyclopædia Iranica. London and New York: Routledge & Kegan Paul. https://iranicaonline.org/articles/bektasiya.
- Bria, Gianfranco (2019). "Post-Socialist Sufi Revival in Albania: Public Marginality or Spiritual Privatisation?". Journal of Muslims in Europe 8 (3). doi:10.1163/22117954-12341401.
- Bria, Gianfranco (2020). "Celebrating Sultan Nevruz: Between Theological Debate and Multi-Framed Practice in Contemporary Albania". Studia Islamica 114 (3): 355–377. doi:10.1163/19585705-12341400.
- Elsie, Robert. The Albanian Bektashi: History and Culture of a Dervish Order in the Balkans. Bloomsbury Publishing, 2019. ISBN 9781788315715.