| ||
| tuman | ||
|---|---|---|
| Tarkibida | Almati viloyati | |
| Maʼmuriy markazi | Usharal | |
| Asos solingan sanasi | 1928-yil | |
| Akim | Jaqanbayev Alibek Askerbekovich | |
| Aholi (2013) | 70,651 (8-oʻrin) | |
| Zichligi | 3 kishi./km² | |
| Millatlar tarkibi | qozoqlar (80,73 %) | |
| Dinlar tarkibi | musulmonlar, Xristianlar | |
| Maydoni | 23 700 km² (4-oʻrin) | |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
| Telefon kodi | +7 72833 | |
| Pochta indeksi | 040200-040238 | |
| Avtomobil raqami kodi | B, 05 | |
| Xaritada | ||
![]() | ||
| 46°10′48″N 80°57′0″E / 46.18000°N 80.95000°E | ||
Alakoʻl tumani (qozoqcha: Алакөл ауданы) — Almati viloyatining shimoli-sharqiy qismida joylashgan. 1928-yili tashkil topgan. Yer maydoni 23,7 ming km2. Aholisi 70,651 kishi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Usharal shahri. Tuman hududi orqali Aqtoʻgʻay — Doʻstiq temir yoʻli va Almati — Oʻstkemen avtomobil yoʻllari oʻtadi. Usharaldan viloyat markazi sanalmish — Almati shahrigacha masofa km.
Aholisi
Tuman aholisining soni 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 70,651 kishini tashkil qildi, tuman ahlolisi koʻp millatli hisoblanadi, milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrinshingiz mumkin (1-yanvar 2010-yil):
- qozoqlar — 61 892 kishi (80,73 %)
- ruslar — 12 854 kishi (16,77 %)
- tatarlar — 808 kishi (1,05 %)
- chechenlar — 365 kishi (0,48 %)
- olmonlar — 181 kishi (0,24 %)
- uygʻurlar — 169 kishi (0,22 %)
- ukrainlar — 119 kishi (0,16 %)
- boshqalari — 274 kishi (0,36 %)
- Jami — 76 662 kishi (100,00 %)
Iqlimi
Tuman islimi keskin kontinental, qishi sovuq boʻladi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −12 — 16 °C, iyulniki 18 — 23 °C. Yillik yogʻingarchilikning miqdori tekisliklarda 150 – 260 mm, togʻli hududlarda 350 – 550 mm.
- Qozogʻiston tumanlari
- Almati viloyati
- Qozogʻiston geografiyasiga oid chala maqolalar
