| Akmalxoʻja Mavlonov | |
|---|---|
Akmalxoʻja Yusupovich Mavlonov | |
![]() | |
| Oʻzbekiston Davlat Bojxona Qoʻmitasi raisi | |
| Mansab davri 2021-yil 18-noyabrdan — hozirgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Murodjon Azimov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1975-yil 1-yanvar Quva tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR |
| Fuqaroligi | |
| Millati | Oʻzbek |
| Mukofotlari | |
| Unvoni | General-mayor |
Akmalxoʻja Yusupovich Mavlonov (1975-yil 12-may, Quva tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona xizmati general-mayori, huquqshunos va iqtisodchi. 2021-yildan beri Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Tarjimai holi
Akmalxoʻja Mavlonov 1975-yil 12-may kuni Fargʻona viloyati Quva tumanida tavallud topgan. 1997-yilda Fargʻona davlat universitetining iqtisodiyot yoʻnalishini, 2022-yilda Toshkent davlat yuridik institutining huquqshunoslik yoʻnalishini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
Akmalxoʻja Mavlonov mehnat faoliyatini 1997-yilda Fargʻona shahridagi „Movus“ mebel korxonasida yurist sifatida boshlagan. 2002-yildan boshlab prokuratura organlarida faoliyat yuritgan. Dastlab tergovchi, soʻngra katta tergovchi lavozimlarida ishlagan. 2006–2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida tergov ustidan nazorat boʻlimida xizmat qilgan.
2010–2014-yillarda Fargʻona viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi lavozimida ishlagan. 2014–2017-yillarda Margʻilon shahar prokurori, 2017-yilda Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari, 2017–2018-yillarda Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2018-yilda Bosh prokuratura huzuridagi soliq, valyuta jinoyatlari va jinoyat daromadlarini legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga rahbarlik qilgan. 2018–2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari, 2019–2020-yillarda Namangan viloyati prokurori boʻlgan. 2020–2021-yillarda yana Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimida xizmat qilgan.
2021-yil noyabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Oʻzbekiston Prezidentining 2021-yil 18-noyabrdagi farmoni bilan Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasi raisi etib tayinlangan va unga bojxona xizmati general-mayori unvoni berilgan. 2024-yil 25-avgustda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan.
2025-yil 17-fevral kuni Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi.
Ilmiy faoliyati
2024-yilda „Korruptsiyaga qarshi kurashishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish (bojxona organlari misolida)“ mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.
Faxriy unvon va mukofotlar
- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ koʻkrak nishoni;
- „Prokuratura organlariga 30 yil“ medali;
- „Davlat bojxona xizmatiga 30 yil“ nishoni;
- „Dostlik“ ordeni (2024-yil 24-avgust, Prezident farmoniga asosan);
- MDH va ShHT tashkilotlarining yillik yubiley nishonlari va faxriy belgilar.
Faxriy unvon
2024-yil 28-mart kuni Fargʻona davlat universiteti bilan samarali hamkorligi va yoshlarga ibrat boʻlayotgan faoliyati uchun unga „Fargʻona davlat universitetining faxriy professori“ unvoni berilgan.
- 1-yanvarda tugʻilganlar
- 1975-yilda tugʻilganlar
- Quva tumanida tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekiston generallari
- Oʻzbekiston davlat qoʻmitalari raislari
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar
