| Akmaljon Ortiqovich Qoʻchqorov | |
|---|---|
| Mansab davri 2016-yil 17-maydan – 2024-yil 29-noyabr | |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Javhar Izamov |
| Vorisi | Ravshanbek Olimov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1977-yil 11-dekabr Andijon |
Akmaljon Ortiqovich Qoʻchqorov – oʻzbek diplomati. 2013—2016-yillarda Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazidagi vakili, 2016—2024-yillarda Oʻzbekistonning Turkmanistondagi elchisi.
Biografiya
1977-yil 11-dekabrda tugʻilgan.
Maʼlumoti
1994-1996 – Andijon davlat chet tillari instituti talabasi.
1997-1999 – Toshkent universiteti talabasi.
1999-2001 – Missuri-Kolumbiya universiteti talabasi.
2009-2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi.
Mehnat faoliyati
2001-2002 – Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻqituvchisi.
2002-2005 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon axborot agentligiining 1-toifali mutaxassisi, 2-toifali mutaxassisi.
2005-2008 – Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi 2-kotibi, 3-kotibi.
2008-2012 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari va Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi 1-kotibi.
2012-2016 – Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻistondagi elchixonasi maslahatchisi.
2013-2016 – Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazidagi vakolatli vakili.
2016-2024 – Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi favqulodda va muxtor elchisi.
Ingliz tilida gapiradi. Uylangan, uch farzandi bor.
- 11-dekabrda tugʻilganlar
- 1977-yilda tugʻilganlar
- Andijonda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻqituvchilari
- Oʻzbekistonning Turkmanistondagi elchilari

