Akmal Xoʻqandiy (Mulla Shermuhammad) (XVIII asr 1- yarmi, Fargʻona viloyati, Boytuman qishlogʻi- taxminan 1810-yil, Qoʻqon) – oʻzbek shoiri. Maxmurning otasi. Hayoti va ijodi haqida „Tuhfat ut-tavorix“ (1863, Muhammad Amin Attor), „Majmuai shoiron“, „Tuhfat ul-ahbob fitazkirat ush-ashob“ kabi asarlarda maʼlumot keltirilgan. Akmal Xoʻqandiy Madrasai Mir Qoʻqonda mudarris boʻlgan. Oʻzbek va tojik tillarida ijod qilgan. Turli tarixiy voqealarga bagʻishlab sheʼrlar, shiru–shakar uslubida muxammaslar yozgan. Muhabbat va insoniylikni ulugʻlagan, adolatsizlikni qoralagan, xalqni maʼrifatga chaqirgan. Tuzgan devonlari saqlanmagan. Turli bayozlar („Bayozi yangi“, 1911; „Bayozi Muhallo“, 1912; „Armugʻoni Hislat“, 1912)ga kirgan asarlari yetib kelgan.
- Norboʻtabiy madrasasida mudarrislik qilganlar
- Fargʻona madrasalarida mudarrislik qilganlar
- Qoʻqon madrasalarida mudarrislik qilganlar