Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Akmal Ortiqov (ruscha: Ортиков, Акмал; 1987-yil 30-yanvar) – Oʻzbekistonlik futbolchi, darvozbon pozitsiyasida oʻynaydi. Bekobodning „Metallurg“ jamoasi darvoza

Akmal Ortiqov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Akmal Ortikov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Akmal Ortiqov
Tavallud sanasi 1987-yil 30-yanvar (1987-01-30) (39 yosh)
Tavallud joyi Namangan, Oʻzbekiston SSR
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Metallurg Bekobod
Raqami 87
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2013 Navbahor 0 (0)
2014 Olmaliq 7 (0)
2015—2016 Navbahor 20 (0)
2016 Olmaliq 9 (0)
2017 Navbahor 0 (0)
2017—2019 Andijon 40 (0)
2020—2021 Turon 33 (0)
2022— Metallurg Bekobod 33 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(8-mart 2024-yil uchun)

Akmal Ortiqov (ruscha: Ортиков, Акмал; 1987-yil 30-yanvar) – Oʻzbekistonlik futbolchi, darvozbon pozitsiyasida oʻynaydi. Bekobodning „Metallurg“ jamoasi darvozaboni.

Futbolchilik faoliyati

Akmal professional futbolga juda kecha 25 yoshda kirib kelgan. 2012-yilgi mavsumda ilk „Navbahor“ jamoasi tarkibidan oʻrin olgan. Keyinchalik 2014-yilgi mavsumda Olmaliqning „Olmaliq“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 2015-yilgi mavsumda „Navbahor“ klubi tarkibiga qaytgan va ikki mavsum davomida Namangan jamoasi tarkibida oʻynagan. 2016-yilgi mavsum ikkinchi davrasida Olmaliq jamoasiga ijara asosida qaytgan va yarim mavsum davomida oʻynagan. 2017-yilgi mavsumda „Navbahor“ klubi tarkibiga qaytdi va mavsum davomida birorta oʻyinda ishtirok etmay yzogi transfer oynasida jamoani tark etgan.

2017-yilgi yozgi transfer oynasida Oʻzbekiston Birinchi ligasi ishtirokchisi „Andijon“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2018-yilgi mavsum oldidan bir necha jamoa mashgʻulotlarida ishtirok etdi va yakunda mavsumni „Andijon“ jamoasi tarkibida boshlagan. Andijon jamoasi tarkibida ikki mavsum davomida oʻynadi va 2018-yilgi mavsumda Pro liga gʻolibligini qoʻlga kiritdi. 2020-yilgi mavumda Yaypanning „Turon“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va ikki yil davomida „Turon“ jamoasida oʻynagan.

2022-yil 12-yanvar Bekobodning „Metallurg“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Yutuqlar

  • Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2018, 2020
Yuqori