Achchiqkoʻl – Toshkent shahridan 20 km sharqdagi koʻl. Uzunligi 700 m, eni 150 m. Achchiqkoʻl buloq suvidan toʻyinadi. Koʻl va uning atroflari qamishzor. Koʻlda oltingugurt hidli shifobaxsh qora balchiq bor (qalinligi 10-15 sm). Bu balchiqdan davolash muassasalari, jumladan Toshkent shahridagi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya ilmiy tadqiqot institutida foydalaniladi.
Turkumlar::
- Koʻllar
- Parkent tumani