Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Abu Tammom (taxminan 796-yil, Damashq — 843-yil, Mosul) — arab shoiri. Asosan qasida yozgan. Arab she’riyatidagi „qadimga qaytish“ harakatining asoschilaridan.

Abu Tammom

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abu Tammom (taxminan 796-yil, Damashq — 843-yil, Mosul) — arab shoiri. Asosan qasida yozgan. Arab she’riyatidagi „qadimga qaytish“ harakatining asoschilaridan. Abu Tammom oʻz davrida xalq ijodi asosida turli sheʼriy toʻplamlar, tazkiralar ham yaratgan. 7 ta tazkirasi maʼlum. Bizgacha „Kitob ul-hamosa“ („Jasorat kitobi“) va „An-Naqoid jorir va al-Axtal“ („Jarir va al-Axtalning hajviyalari“) asarlari yetib kelgan. Beruniy oʻz asarlarida uning she’rlaridan koʻplab namunalar keltirgan va sheʼr yozish uslubini tahlil qilib, „Qofiyat al-alif min al itmom fi sheʼr Abu Tammom“ („Abu Tammom sheʼrlaridagi alif qofiyasi sharhi“) nomli sharh yozgan.

Yuqori