Abraziya (geologiyada) — toʻlqin taʼsirida dengiz, koʻl va yirik suv omborlari qirgʻogʻining yemirilishi va tekislanishi. Yemirilishdan paydo boʻlgan jinslar suv bilan yuvilib dengiz tubiga choʻkadi. Abraziya tezligi qirgʻoqning geologik tuzilishi hamda toʻlqin kuchiga bogʻliq. Abraziya natijasida abrazion terrasa paydo boʻladi. Abrazion terrasaning kengayishi natijasida abraziya asta-sekin soʻnadi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Turkumlar::
- Geologiya
- Glyatsiologiya