| Abduxoliq Aydarqulov | |
|---|---|
| Mansab davri 1991-yil – 1995-yil 5-yanvargacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Vorisi | Hayot Gʻafforov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | Gʻazalkent shahri, Boʻstonliq tumani, Toshkent viloyati, OʻzSSR |
| Maʼlumoti | Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti |
| Mukofotlari | |
Abduxoliq Abdurahmanovich Aydarqulov (tugʻilgan joyi Gʻazalkent, Boʻstonliq tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek va sovet muhandisi va davlat arbobi. 1991-yildan 1995-yil 5-yanvargacha Navoiy viloyati hokimi boʻlgan. 1994-yilda „Shuhrat“ medali bilan mukofotlangan.
Biografiyasi
Abduxoliq Aydarqulov Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Gʻazalkent shahrida tugʻilgan. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan.
1964—1965-yillarda sovxozlarni taʼmirlash ustaxonalarining boshligʻi boʻlgan. 1965-yilda armiyada xizmat qilgan. 1966—1977-yillarda „Oʻzselxoztexnika“ mintaqaviy birlashmasida muhandis-texnolog, nazorat muhandisi, bosh muhandis, menejer boʻlgan.
1977—1986-yillarda Boʻstonliq tumani ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi tuman qoʻmitasining 1-kotibi va 1986—1988-yillarda – viloyat raisi lavozimlarida ishlagan. 1988-yilda Sirdaryo viloyat ijroiya qoʻmitasining raisi, 1990-yil sentyabrda esa Oʻzbekiston Kompartiyasi Sirdaryo viloyat qoʻmitasining 1-kotibi boʻldi.
1990-yilda XII chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetiga xalq deputati etib saylandi.
1991-yildan 1995-yil 5-yanvargacha Navoiy viloyati hokimi boʻlgan.
- Gʻazalkentda tugʻilganlar
- Shuhrat medali sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Navoiy viloyati hokimlari
- Ijroiya qoʻmita raislari
- 1942-yilda tugʻilganlar
- Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti bitiruvchilari
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Oʻzbekiston SSR tuman ijroiya qoʻmitalari raislari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi tuman qoʻmitalari birinchi kotiblari
- Navoiy viloyat ijroiya qoʻmitasi raislari
- Sirdaryo viloyat ijroiya qoʻmitasi raislari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Sirdaryo viloyat qoʻmitasining birinchi kotiblari
