Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Abdurahim Umarov (1947.24.8, Toshkent) — ganchkor usta, meʼmor. Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademik (1999), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (

Abdurahim Umarov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdurahim Umarov
Tavalludi 24-avgust 1947

Abdurahim Umarov (1947.24.8, Toshkent) — ganchkor usta, meʼmor. Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademik (1999), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1992). Mahmud Usmonovntg shogirdi. Toshkent politexnika institutini tugatgan (1971); shu intda „Jamoat binolari va interyerlarini meʼmoriy loyihalash“ kafedrasida pedagog (1971— 76). 1976-yildan Toshkent tajriba keramika ktida ganchkor usta, 1985-yildanRespublika „Us to“ xalq sanʼati ustalari birlashmasi bosh direktori, 1997-yildan „Us to“ Respublika maxsus ijodiyi.ch. uyushmasi raisi. Uning ijodiy faoliyati oʻzbek xalqining boy madaniy merosini asrash, hayotda qoʻllash, xalq amaliy bezak sanʼatini zamonaviy meʼmorlikda qoʻllab, unga milliy ruh berishga bagʻishlangan. Uning ijodiy rahbarligida respublika va xorijiy mamlakatlarda koʻplab meʼmoriy inshootlar (Temuriylar tarixi davlat muzeyi, „Qatagʻon qurbonlari xotirasi“ muzeyi, Oʻzbekiston konservatoriyasi, Termiz arxeologiya muzeyi, Oʻzbek milliy akademik drama teatri binolari, Buxoriy meʼmoriy majmui, Baqouddin majmuasi va boshqalar) milliy meʼmorlik va amaliy sanʼat namunalari bilan bezatilgan.

Yuqori