Abduqahhor Hasanovich Toʻxtayev (1956-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat arbobi, Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari, Qurilish vaziri, Jizzax, Toshkent shaharlarida va Shayxontohur, Olmazor tumanlarida hokim lavozimlarida ishlagan. 2019-yildan Shayxontohur tumani hokimi.
| Abduqahhor Hasanovich To'xtayev | |
|---|---|
| 2019-yil | |
| Mansab davri 2018-yildan – 2019-yilgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
| Vorisi | Botir Zokirov |
| Mansab davri 2005-yildan – 2011-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Rustam Shoabdurahmonov |
| Vorisi | Rahmonbek Usmonov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1-may 1956-yil Toshkent, OʻzSSR |
| Kasbi | iqtisodchi |
| Maʼlumoti | Toshkent davlat texnika universiteti |
| Mukofotlari | Taʼlim, fan va madaniyat boʻyicha Islom tashkiloti medali |
Biografiyasi
- 1956-yildaToshkentda tavallud topgan.
- 1978-yilda Toshkent davlat texnika universitetini pedagog-muhandis, quruvchi-tashkilotchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
- 1978-1996 — Toshkent shahri qurilish boshqarmalarida turli lavozimlarda ishlagan.
- 1996-1999 — Shayxontohur tumani hokimi.
- 1999-2005 — Toshkent shahri hokimi oʻrinbosari.
- 2005-2011 — Toshkent shahri hokimi.
- 2011-2013 — nafaqada.
- 2013-2016 — „OʻZLITINEFTGAZ“ AJ raisi oʻrinbosari.
- 2016-2017 — Jizzax shahar hokimi.
- 2017-2018 — Olmazor tumani hokimi.
- 2018-2019 — Qurilish vaziri.
- 2019-yil 11-maydan — Toshkent shahri Shayxontohur tumani hokimi.
Mukofotlar
2007-yil avgustda ISESCOning Taʼlim, fan va madaniyat boʻyicha medali bilan taqdirlandi.


