Abdulaziz Oʻrolboyevich Aqqulov — oʻzbek diplomati va iqtisodchisi. 2022-yildan Oʻzbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi.
| Abdulaziz Oʻrolboyevich Aqqulov | |
|---|---|
| Mansab davri 2022-yil 11-apreldan – hozirgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | ? |
| Mansab davri 2018-yil 3-noyabrdan – 2020-yil 1-fevralgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Anvar Sharapov |
| Vorisi | Aziz Abduhakimov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1985-yil 2-sentyabr Navoiy |
Biografiya
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini 2005-yilda bakalavr, 2007-yilda magistratura bosqichini tamomlagan.
2005—2006-yillarda „O‘zstandart“ agentligi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti mutaxassisi.
2006—2011-yillarda „O‘zbekturizm“ milliy kompaniyasi „Tur servis standart“ Davlat unitar korxonasi mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, korxona direktori.
2011—2017-yillarda „O‘zbekturizm“ milliy kompaniyasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshlig‘i.
2017—2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i.
2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari.
2018-yil noyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi.
2019—2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi.
2020—2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirining birinchi o‘rinbosari.
2022-yildan Oʻzbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi. 23-sentabr kuni ushbu mamlakat Prezidenti Muhammad ibn Zayd Al Nahayonga ishonch yorliqlarini topshirdi.

