| Abbos III | |
|---|---|
| Mansab davri 1732-yil – 1736-yil | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1732-yil |
| Vafoti | 1740-yil |
| Fuqaroligi | Safaviylar davlati |
| Ota-onasi |
|
Abbos III (forscha: شاه عباس سوم) (1732–1740) – Safaviylar sulolasidan boʻlgan soʻnggi fors shohi. Abbos shoh Taxmasp IIning oʻgʻlidir.
1732-yilning avgustida yirik Eron sarkardasi Nodirshoh Taxmaspni taxtdan agʻdarib, sakkiz oylik oʻgʻli Abbos III ni yangi shoh deb eʼlon qilib, uning qoʻl ostidagi davlatning haqiqiy hukmdori boʻlgan. 1736-yilning martida Nodirshoh Abbos IIIni ham taxtdan agʻdarib, oʻzini shoh deb eʼlon qilgan. Abbos Sabzavordagi otasi Tahmaspning zindoniga tashlangan.
1740-yilda Xuroson hokimi Rizoquli Mirzoning buyrugʻi bilan Nodirshohning toʻngʻich oʻgʻli sakkiz yoshli Abbos otasi Tahmasp bilan birga hibsda oʻldirilgan.
- 1740-yilda vafot etganlar
- 8-fevralda vafot etganlar
- 1732-yilda tugʻilganlar
- 5-yanvarda tugʻilganlar
