Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

INONU (Inonu) Ismat (1884-1973) — Turkiya davlat va siyosiy arbobi. Otaturkning eng yaqin safdoshi. Armiya Bosh shtabi boshligʻi va Gʻarbiy front qoʻmondoni boʻ

İsmet İnönü

Vikipediya, erkin ensiklopediya
İsmet İnönü
Millî Şef
Turkiya Prezidenti
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1886-yil 24-sentyabr
Usmoniylar davlati
Vafoti 1973-yil 25-dekabr
Turkiya
Millati Turk
Bolalari Izzet Inönü
Ömer Inönü
Erdal İnönü
Özden Inönü
Imzosi

INONU (Inonu) Ismat (1884-1973) — Turkiya davlat va siyosiy arbobi. Otaturkning eng yaqin safdoshi. Armiya Bosh shtabi boshligʻi va Gʻarbiy front qoʻmondoni boʻlgan. 1921-yil yanvar va mart oylarida Inonu qishlogʻidagi jangda I. qoʻmondonligidagi Turkiya armiyasi grek bosqinchilari ustidan gʻalaba qozongan. Turkiyada familiya rasm boʻlgach, oʻsha gʻalaba sharafiga I. degan familiya olgan. 1922-yil Tashqi ishlar vaziri. 1923—37 (tanaffus bilan) va 1961—65-yillarda Bosh vazir. 1938— 50-yillarda Xalq respublikachilar partiyasi (XRP) raisi va respublika prezidenti boʻlgan. XRP parlament saylovida yengilgach, majlis (parlament)dagi XRP oppozitsiyasiga boshchilik qilgan. 1961—65-yillari Turkiya Bosh vaziri, keyinchalik yana oppozitsiya rahbari. 1972-yildan isteʼfoda.

Tarjimai holi

İsmet Inönü (tugʻilganda olgan ismi: Mustafo İsmet) 1886-yilda Aidin viloyatidagi Smyrna (Izmir)da Hacı Reşit va Cevriye (keyinchalik Cevriye Temelli) oilasida tugʻilgan.

Harbiy martabasi

Inönü boshlangʻich taʼlimni Sivasda tamomlagan. 1894-yilda Sivas harbiy oʻrta maktabini (Sivas Askerî Rüştiyesi) tugatgan. Soʻngra Sivas davlat xizmatchilari maktabida (Sivas Mülkiye İdadisi) bir yil tahsil olgan. 1904-yilda Imperator harbiy muhandislik maktabini podpolkovnik lavozimida tamomlagan hamda 1906-yil 26-sentyabrda birinchi darajali shtab-kapitan unvonini olish uchun Harbiy Akademiyaga oʻqishga kiradi. İnönü 1906-yil 2-oktyabrda Adrianopolda (Edirne) 8-dala artilleriya polkining 3-batareya qoʻmondonligida xizmat qilishni boshlagan. Vzvod ofitserining shtat amaliyoti doirasida u harbiy strategiya va artilleriya boʻyicha saboq bergan. Kapitan Ismet ham Usmonli-Bulgʻor komissiyalari tarkibiga kirgan.

1907-yilda Ali Fethiy (Okyor) orqali Sulton Abdulhamid II ni taxtdan agʻdarish niyatida boʻlgan Ittifoq va taraqqiyot qoʻmitasiga qisqa muddat qoʻshiladi. 31-mart voqealari paytida Harakat armiyasiga qoʻshilish uchun safarbar qilingan va Abdul Hamid II ni agʻdarish uchun Konstantinopolga (Istanbul) yurish qilgan Ikkinchi otliq diviziya shtabida boʻlgan. 1909-yilning yoz oyida qoʻzgʻolon bostirilgandan soʻng Adrianopolga qaytgan Inönü qoʻmitani tark etadi.

Yana qarang

  • Turkiya Prezidentlari
Yuqori